Asr namozini qoldirganni amallair habata bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Bir inson asr namozini qazo qilsa barcha qilgan solih amallari yo‘q bo‘lib ketadimi? Payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V. asr namozini qazo qilgan kishining solih amallari yo‘q bo‘lib ya’ni habata bo‘ladi degan ekanlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisning sharhini o‘rganish kerak. عَنْ أَبِي الْمَلِيحِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ بُرَيْدَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ فِي غَزْوَةٍ فِي يَوْمٍ ذِي غَيْمٍ فَقَالَ: بَكِّرُوا بِصَلَاةِ الْعَصْرِ فَإِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ تَرَكَ صَلَاةَ الْعَصْرِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالنَّسَائِيُّ Abul Maliyh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bulutli kunda Burayda roziyallohu anhu bilan g‘azotda birga bo‘ldik. U kishi:
«Asr namozini tezroq o‘qinglar, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Asr namozini tark qilsa, amali behuda ketadi», deganlar», dedi».
Buxoriy va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Burayda roziyallohu anhu bulutli kunda Asr namozining vaqti chiqib ketishidan qo‘rqib, g‘azotdagi sheriklariga uni tezroq o‘qib olishni tavsiya etar ekanlar, Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan ushbu hadisini dalil qilib keltiribdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Asr namozini tark qilsa, amali behuda ketadi», degan ekanlar.
Bu ham Asr namozining ahamiyati ulkan ekanligidan darak beradi.
Ulamolarimiz Asr namozini tark qilish bilan amal behuda (habata) bo‘lishi haqida turli mulohazalar aytganlar.
«Habata» so‘zi aslida yoqmaydigan o‘t-o‘lan eb qo‘yib, qorni shishgan hayvonga nisbatan ishlatiladi. Uning egan narsasi behuda ketadi, foyda o‘rniga zarar beradi.
Alloh taolo Qur’oni Karimda:
«Kim iymonni inkor qilsa, uning amali habata bo‘ladi», deya marhamat qilgan. Shundan kelib chiqqan umumiy qoidaga binoan, amalni kufr habata qiladi. Boshqa narsa habata qilmaydi.
Mazkur ulamolarning Asr namozini tark qilish amalni habata etishi haqidagi mulohazalari ham namozni tark qilish kufrmi-yo‘qmi ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarga bog‘liq.
«Namozni qasddan tark qilsa, kofir bo‘ladi» degan ulamolar bu hadisni «Asr namozini qasddan tark qilsa, amallar habata bo‘ladi», deb sharhlashgan.
«Namozni qasddanmi, noqasddanmi, umuman, tark qilgan odam kofir bo‘ladi» deganlar o‘z fatvolariga mana shu hadisni ham dalil qilib keltiradilar.
«Namozni qasddan emas, dangasalik qilib tark qilgan odam kofir emas, osiy bo‘ladi», deganlar ham «Bir namozni tark qilish yomonligini, lekin Asr namozini tark qilish hammasidan ham yomonligini bildirish uchun bu hadisda o‘ta shiddatli ibora keltirilgan. Aslida faqat kofirlikkina amallarni habata qiladi», deydilar.
Nima bo‘lganda ham, ushbu hadisdan Asr namozini tark qilish juda ham katta gunoh ekanligi bilinib turibdi. Lekin bu – Asr namozini o‘qisa bo‘ldi, boshqa namozlar unchalik ahamiyatli emas, degani emas. Har bir namozni o‘qimaslik, ulkan gunohdir. Lekin Asr namozini o‘qimaslik yana ham ulkanroq gunoh. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
11 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar