Izohli lug‘at

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh! Avvalambor, hammamizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Alloh bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni mag‘firat qilib, qiladigan ibodatlarimizni to‘laligicha dargohida qabul qisin. Telegrammdagi kanalingizni doimiy muxlisiman, ammo ba’zi hollarda diniy ilmim etishmasligi hamda ba’zi diniy terminlarning lug‘aviy ma’nosini bilmaganligim sabab ba’zi javoblaringizni asl mazmunini chuna olmayman. Savolim shuki, Islom diniga oid bo‘lgan, fiqh kitoblarimizda ko‘p ishlatiladigan diniy terminlarning izohli lug‘ati mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, nomi va muallifini aytsangiz. O‘ylashimcha bu lug‘at menga o‘xshagan insonlarga as qotadi degan umiddaman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savolingiz uchun tashakkur. Kelajakda siz va siz kabi muxlislarni inobatga olishga harakat qilamiz. Bu kabi qomusni tayyorlashni Hazratimiz rahimahulloh boshlagan edilar, lekin bosib chiqarilgani yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar