Muso alayhissalom haqlarida

Assalomu alaykum Hurmatli ustozlar, Muso alayhissalom necha marta Alloh taolo bilan bevosita gaplashganlar? Bir akaxon aytdilarki Muso alayhissalom hamma gaplarini Alloh bilan bevosita gaplashgan dedilar Man o‘ylardimki faqatgina bir marta bevosita gaplashgan deb bilardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir marta emas, bir necha bor takrorlangan. Lekin hamma hukmni bevosita olgan emaslar. Qur’oni Karimda Muso alayhissalomning ikki bor bevosita so‘zlashganlari zikr qilingan.  فَلَمَّا أَتَاهَا نُودِي يَا مُوسَى۝   11. Bas, u(olov)ga kelganida, nido qilindi: «Ey Muso!  إِنِّي أَنَا رَبُّكَ فَاخْلَعْ نَعْلَيْكَ إِنَّكَ بِالْوَادِ الْمُقَدَّسِ طُوًى۝ 12. Albatta, Men O‘zim sening Robbingdirman. Kavushlaringni ech. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidasan. (Toha surasi). Banu Isroil Misrdan chiqqanidank keyin Alloh taolo  وَلَمَّا جَاء مُوسَى لِمِيقَاتِنَا وَكَلَّمَهُ رَبُّهُ قَالَ رَبِّ أَرِنِي أَنظُرْ إِلَيْكَ قَالَ لَن تَرَانِي وَلَكِنِ انظُرْ إِلَى الْجَبَلِ فَإِنِ اسْتَقَرَّ مَكَانَهُ فَسَوْفَ تَرَانِي فَلَمَّا تَجَلَّى رَبُّهُ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُ دَكًّا وَخَرَّ موسَى صَعِقًا فَلَمَّا أَفَاقَ قَالَ سُبْحَانَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَاْ أَوَّلُ الْمُؤْمِنِينَ۝ 143. Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, «Robbim, menga (jamolingni) ko‘rsat, Senga nazar solay», – dedi. U Zot: «Meni hech ko‘ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u o‘rnida sobit tura olsa, bas, Meni ko‘rasan», – dedi. Robbi toqqa tajalli qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso behush bo‘lib, yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo‘minlarning birinchisiman», – dedi. (A’rof surasi). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:59 | Savol-javoblar | 203 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar