Zikr raqsi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustoz, meni so‘ramoqchi bo‘lgan savolim shuki, ko‘pincha davra bo‘lib raqs tushib zikr qilayotgan musulmonlarni ko‘rib qolaman. Bu bizning shariatda qanchalik to‘g‘ri narsa? Internet orqali o‘zim ham bu savolga javob qidirib ko‘rdim, ba’zilari inkor qiladi, ba’zilari raqs tushish muboh ekanligi to‘g‘risidagi hadislarni asos qilib buni yomon joyi yo‘q deyishadi (masalan, Oyisha onamiz roziyallohu anhoning habashlar o‘yinlarini tomosha qilishlariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ruxsat berganlari). Masalan, Chechinistonda ham bu amal keng tarqalgan. Tarixini o‘qisam Shayx Kunta ismli odam shu odatni paydo qilgan ekan, Imom Shomil esa uni bundan qaytargan ekan. Shunga qaramay hozir ba’zi musulmon o‘lkalarda bu odat keng tarqalgan ekan. Bunday tarzda zikr qilish to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi raqs tushish shariatimizda yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi raqs tushish shariatimizda yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar