Ro‘zadorning og‘zidagi suv
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Ro‘zador odam og‘zini chaysa bo‘ladimi? Og‘izni chayqab og‘izdagi suvni tashlagandan so‘ng suvning ma’lum miqdori og‘izda qolib ketishi va tomoqqa ketib qolishi mumkin. Men ishlaydigan joyda yonimdagi insonlar sigareta chekishadi. Sigareta tutunining ro‘zamga zarari yo‘qmi?
Ro‘za tutmoqchi bo‘lgan odam niyat qilishi kerak deb eshitdim. Ro‘za tutish uchun qanday niyat qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Biz har bir ishda Alloh taolo va Uning Rasuliga ergashishimiz kerak. Shuning uchun kimdir esida yo‘q eb ichsa ro‘zasi ochilmaydi deymiz. Chunki u zot shunday deganlar. Og‘izni chayishda ham huddi shunday. U zot ro‘za hollarida og‘iz chaydilar, sahobalar ham chaydilar va ro‘zani qayta tutmadilar. 2). Qasddan hidlanmagani uchun zarari yo‘q. 3). Ramazon ro‘zasini subhdan shomgacha tutishga niyat qildim, yolg‘iz Alloh uchun. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:38 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar