Ruza tutishdagi uzrlilik

Assalomu alekum hazrat! Xozirda "Geppatit S" kassaligiga qarshi davolanyapman. Davolanish muddati 48 xafta bo‘lib xar xafta 1 dona ukol (Pegasis) va kuniga 5 dona tabletka (Kopegus) ichishga majburman. Dekabrda In Shaa Alloh tugidi. Gap shundaki, ukol va tabletkalarimmi salbiy tasiri juda katta: - Kondagi gemoglabin va leykotsidlani keskin tushirvoradi, natijada odam xolsizlanip juda kuvvatsiz bub koladi. Xatto 5-10kg yukkiyam kutarishga kiynalip kolinadi. - Sochlani tukip tashashidan tortip yana boshqa kup psixo tasirlari bor. - Gemoglabinni ushab turish uchun ham kereli mikdorda ovkatlanib turish kereligini doktorla etishvotti. - Undan tashkari kotta mikdorda suv ham ichip turishim kerekan yani jigar, buyrak va boshqa yodi Gepatit S virusini tezro tozalash uchun. Uzim shaxsan ro‘za tutishi xoliman, lekin davolanishimga tasir kip qolishidan xavfdaman, chunki yana 1 yil davolanishga kuvvatim etmasa kere. Ushbu xolatda, uzrli bub davolanishim tugagandan sung tutip bersam bo‘ladimi, yoki riskki op tutganim makulmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bemorligi kuchayishi yoki tuzalishi ortga surilishi xavfi bor odam ro‘zani tuzalganidan keyin qazosini tutib beradi.

30 Aprel 2022, 00:25 | Savol-javoblar | 152 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar