Ro‘zani boshlolmadim

Assalomu alaykum! Ba’zi sabablarga ko‘ra ro‘zani boshlolmadim, kechiktirib tutish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tezdan boshlang. Qoldirganlaringizni ramazondan keyin qazosini tutib berasiz. عن أبي أمامة رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: بينا أنا نائم أتاني رجلان، فأخذا بضبعي فأتيا بي جبلا وعرا، فقالا: اصعد. فقلت: إني لا أطيقه. فقال: إنا سنسهله لك. فصعدت حتى إذا كنت في سواء الجبل إذا بأصوات شديدة. قلت: ما هذه الأصوات؟ قالوا: هذا عواء أهل النار، ثم انطلق بي فإذا أنا بقوم معلقين بعراقيبهم، مشققة أشداقهم، تسيل أشداقهم دماً. قال: قلت: من هؤلاء؟ قال: الذين يفطرون قبل تحلة صومهم..... صححه الحاكم والذهبي، وقال الهيثمي: رجاله رجال الصحيح Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Men uxlab yotganimda ikki kishi huzurimga keldi. Ikkisi ikki bilagimdan tutib, tog‘lik va bir katta kenglik joyga olib kelishdi va “tepaga ko‘taril” deyishdi. “Men bunga toqat qila olmayman” dedim. “senga yordam qilamiz” deyishdi. Tepaga ko‘tarildim, tog‘ning tepasiga etganimda qattiq-baland ovozlarni eshitdim va “bu qanday ovozlar” deb so‘radim. “Bular do‘zax ahlining uvvos solishi” deyishdi. So‘ng meni olib ketishdi va boldir paylaridan osib qo‘yilgan bir qavmga ro‘baro‘ bo‘ldim. Ularning og‘izlari yonboshdan yirtilgan bo‘lib, qonlari oqib turar edi. “Bular kim” deb so‘radim. “ro‘za vaqtida ro‘za tutmaganlar” deyishdi”. Hokim, Zahabiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:39 | Savol-javoblar | 167 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar