Ming taloqsan deb aytgan

Assalomu alaykum! Dadam bilan onam 6 yil sevishib turmush qurishgan. Dadam onamsiz xech qachon yasholmaydi. Lekin bir ikki marta jaxli chiqib mast xolda taloqsan, ming taloqsan deb aytgan. Ertasi yana bilmaganday yaxshi yashab ketaveradi. Ajrashishlarini xech ilojisi yo‘q. Lekin eshitib va o‘qiganlarim bo‘yicha taloq deyildimi bir biriga noxalol xisoblanarkan. Iltimos bir yo‘l ko‘rsating. Biror echim ayting.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda uch taloq bor xolos. Ming taloqsan desa oraga uch taloq tushib birga yashashga hech qanday yo‘l qolmaydi. “Kifoya” kitobidan iqtibos:
Agar taloqni shiddat, uzunlik yoki kenglik bilan vasf qilsa yoxud uni shularga dalolat qiluvchi narsalarga o‘xshatsa, uchni niyat qilgan bo‘lsa, o‘sha, bo‘lmasa, bir boin taloq tushadi.
Agar er xotiniga: «Seni shiddatli», «qattiq», «eng katta», «eng uzun», «eng keng taloq qo‘ydim» desa, yoki «tog‘dek», «mingdek taloq qo‘ydim» kabi lafzlarni aytsa, uning niyati so‘raladi. Agar «Uch taloqni niyat qilgan edim», desa, uch taloq tushadi. Ikki taloq yoki bir taloqni niyat qilgan bo‘lsa, bir taloq tushadi. Bu holatda ikki taloq tushishi mumkin emas. Agar «yuz», «ming», «qum taloq qo‘ydim» desa, uch taloq tushib, uchtadan ortig‘iga gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:34 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar