Namozdan kegin salom berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar,
1). Men namoz o‘qib bo‘ldim, meni namoz o‘qiganimni ko‘rgan odamlarga «Assalomu alaykum» deyishim kerakmi? Bu vojibmi, sunnatmi?
2). Buni teskarisi bo‘lsachi ya’ni men boshqa bir namoz o‘qigan odamni ko‘rganimda salom berishim vojibmi, sunnatmi, yoki shart emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aksar insonlar birga o‘tirib, namoz vaqti bo‘lganida namozga turadilar. Tamom bo‘lgach, bir-birlariga salom beradilar. Bunday qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, sahoba roziyallohu anhumlar va biror bir fuqaholardan rivoyat qilingan emas. Bunday qilish bid’at hisoblanadi. Bu  erda gap salomning aslida emas, noo‘rin salom berilganidadir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar