Duo qilishda qofiya

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, duo qilayotganda qofiyali iboralardan foydalanishga shariatimizda qanday qaraladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsa yaxshi emas. Inson qalbdan, xolis va boricha so‘rashi kerak. Xususan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qilgan duolarni qilishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz so‘raydigan bizga foydali bo‘lgan biror narsani qoldirmaganlar. O‘shalarni topib, o‘rganib o‘sha zotdek duo qilishni o‘rganishimiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 140 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar