Kasallik va ro‘za

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlarimiz, onam bir yil oldin o‘t tosh kasalligi bilan og‘rib o‘t pufaklarini operatsiya yo‘l bilan oldirib tashlaganlar. Undan tashqari oshqozon osti bezi (pankreatit) kasalligi bor. Ro‘za tutsalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tajriba qilib tutib ko‘rishlari kerak. Agar qodir bo‘lsalar tutadilar, qodir bo‘lmasalar qishni qisqa kunlarida tutib beradilar. Agar shunga ham qodir bo‘lmasalar fidya beradilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar