Ro‘za tutish va kiyimga e’tibor

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh ilmingizga ilm qo‘shib umringizni ziyoda qilsin inshaAlloh. Savolim shundan iboratki bir tanishim (qizbola) muborak Ramazon oyi ro‘zasini tutmoqchi. Men unga ro‘za tutgandan so‘ng kiyinish odobiga qattiq e’tibor berish kerakligini aytgandim biroq u men ro‘za tutsam bas qolgan jihatlarga unchalik ham ahamiyat berilmaydi deya javob qildi. Bu borada o‘zingiz tushuntirish berishingizni so‘rayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avratlarini to‘sish alohida farz, ro‘za tutish alohida farz. Ikkisini ham qilgani uchun ajr-savob olib, qilmagani uchun gunoh va azob oladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar