Hayit namozi haqida

Assalomu alaykum! Men internetda Makkadagi hayit namozi videosini ko‘rdim. U erda boshqacha tartibda o‘qildi. Birinchi rak’atda 7 marta takbir aytib quloq qoqib, keyin “Fotiha”, zam sura, ruku’, sajda qilib ikkinchi rak’atga turdi. Keyin 5 marta takbir aytib quloq qoqib “Fotiha”, zam sura, ruku, sajda qilib salom berdi. Nega u erda boshqacha tartibda o‘qildi? Axir bizni yurtlarda va Rossiyadayam bunday tartibda o‘qilmydiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mazhablar orasida ba’zi ibodatlarda farqlar mavjud. Har birining oyat hadisdan suyangan dalillari bor. Iyd namozi ham shu kabidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar