Mushkambar haqida
Assalomu alaykum! Ancha oldin bir tanishimdan eshitgan edim, ya’ni mushkambar surib o‘qilgan namoz, oddiy o‘qilgan namozdan darajasi kotta bo‘lar ekan. Shu rost gapmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi: يَا بَنِي آدَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وكُلُواْ وَاشْرَبُواْ وَلاَ تُسْرِفُواْ إِنَّهُ لاَ يُحِبُّ الْمُسْرِفِينَ 31. Ey Odam bolalari! Har bir ibodatda ziynatingizni oling. Eb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas.
Ushbu oyati karimadan ziynatlanish ostiga pokiza kiyim va xushbo‘ylanishlar ham kiribi ketadi. Oyati karimada namoz o‘qimoqchi bo‘lgan inson ziynatlanib olishi kerakligi aytilgan. Shuningdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi ustunlardan biri “Al utuvaanatul muxollaqo” deb nomlanar edi. Unga xushbo‘yliklar surtilib, butun masjidni xushbo‘y qilib turar edi. Fuqaholar inson namoz o‘qiydigan joyini xushbo‘ylantirishni mustahab sanaganlar. Doimiy xushbo‘ylanib yurish esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng yaxshi ko‘rgan sunnatlaridan bo‘lgan. Jumaning sunnatlaridan biri xushbo‘ylanishdir. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda