Namozdagi savollarim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, 1 namozda bir rakatda bir qancha suralarni zam qilsa bo‘ladimi?
2). Allohu akbarni sajdaga peshona tekkandan keyin aytiladimi yoki oldinroq?
3). Agar eng yaqin masjid 100km dan uzoqda bo‘lsa va bu musulmonlarni jumaga borishga iloji bo‘lmay qolsa 3-4-5 kishi bo‘o‘lib juma namozini o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Farzlarda makruh, nafllarda joiz. 2). Tekkuncha aytib bo‘linadi. 3). 3-4-5 kishi juma o‘qishga kamlik qiladi. Jumaning ham o‘z shartlari bor. Siz aytgan holatda u shartlar topilmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 12:55 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar