Masjidga kirish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ish yuzasidan malum vaqt chet elliklar bilan yurishga to‘g‘ri keladi. Ular shaxarni aylanayotgan maxalda ularga xamrox bo‘laman. Shu paytlarda shaxrimizdagi masjidlarga xam boramiz. Ular shunday maxalda masjidga kirishlari mumkinmi? Yoki aksincha tashkaridan tomosha qiladilarmi? Ularning aksariyati boshka dindan.  Javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ichkariga kirishlari ham mumkin. أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: بَعَثَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَيْلًا قِبَلَ نَجْدٍ، فَجَاءَتْ بِرَجُلٍ مِنْ بَنِي حَنِيفَةَ يُقَالُ لَهُ ثُمَامَةُ بْنُ أُثَالٍ، فَرَبَطُوهُ بِسَارِيَةٍ مِنْ سَوَارِي الْمَسْجِدِ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Najd tarafga suvoriylar yubordilar. Ular Banu Hanifadan Sumoma ibn Usol degan bir kishini olib kelib, masjidning ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Fuqaholar shu va hali iymonga kelmay turib masjidga kirib joylashgan va keyin iymon keltirgan sahoba roziyallohu anhumlarning haqlaridagi hadislardan ularning kirishi joiz ekanligini aytganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar