Mazhablarda Asr namozidagi farq

Assalomu alaykum! Ahli ilmdan so‘ramoqchi bo‘lgan galdagi savolim Asr namozini bizning Hanafiy va Shofeiy mazhablarida o‘qilish vaqtining farq qilishidir. Men Maskvaga yaqinda keldim. Yotoqxonamizda Vatandoshlarim namoz vaqtlarini o‘zlari bilmagan holda Shofeiy mazhabiga ko‘ra belgilashadi, bilishimcha Shofei mazhabida Asr namozi hanafiy vaqtidan 1 soatga ertaroq o‘qilar ekan. Men ham kelganimda ularga qo‘shilib jamoat bo‘lib namoz o‘qirdim. Keyin mazhablardagi tafovut haqida bilgach ularga aytdim. Lekin ular parvo qilishmadi. Men esa alohida o‘qiy boshladim. Bu holatga nima maslahat berasizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Jamoat bilan o‘qiyvering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar