Jiyanimning puli

Assalomu alaykum! Jiyanim rassiyada ishlaydi va menga to‘plab bering deb pul jo‘natadi. Jo‘natgan pullari nisobga etgan ekan men uni qurbon xayitidan kegin bildim va unga exson qilsang yaxshi bo‘ladi deb aytdim. Jiyanim exsonni kimga bersam bo‘ladi oilamga bersam bo‘ladimi deb so‘rayapdi. Kimlar exson qilsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik nisobiga etgan bo‘lsa o‘rtacha bir qo‘yning qiymatini o‘zini ota-ona va yaqinlaridan tashqari biror begona faqir-miskinga sadaqa qilishi kerak bo‘ladi. bu erda yaqinidan murod o‘z ota-onasi, ayoli va farzandlariga berishi joiz emas. aka-uka va opa-singillari kambag‘al bo‘lsa berishi joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar