Ism haqida savol
Assalomu alaykum! Men va unashtirilgan qizim ikkalamiz Xorazm viloyatidanmiz. Oldin savol berganimdagi javoblaringizga binoan unashtirilgan qizim bilan nikoh o‘qitilgunicha umuman ko‘rishmaslikka niyat qildik. Alhamdulillah unashtirilgan qizim va men Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlarining asarlarini qunt bilan o‘qimoqdamiz va tobora bilimimiz oshmoqda. Savolim quyidagicha: unashtirilgan qizimning ismi Anaxon (Xorazmchasiga). Bu ismni biz taraflarda buvisiga o‘xshasin degan ma’noni ko‘zlab qo‘yishadi, chunki buvini bizda «Ana» deyiladi shuning uchun Anaxon. Bu ismni qo‘ysa joizmi, shariatimizda nima deyilgan? U esa taqvo yuzasidan agar joiz bo‘lmasa biror bir islomiy ismga o‘zgartirmoqchi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zgartirishi shart emas. Ammo boshqa yaxshiroq ism qo‘ysa afzal bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:44 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zgartirishi shart emas. Ammo boshqa yaxshiroq ism qo‘ysa afzal bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:44 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar