Do‘st

Assalomu alaykum! Bir do‘st ikkinchini aybi-gunohini boshqalarga aytsa ya’ni uni bu gunox ish qilishdan qaytarish maqsadida bo‘lsa gunoh bo‘lmaydimi? Boshqalarga aytishdan oldin o‘zi nasixat qilgan va bu ish yordam bermagan bo‘lsa)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafs juda makkor bo‘ladi. Kimgadir rahmi kelayotganga o‘xshab ham maqtayotganga o‘xshab ham g‘iybat qildiradi. Siz boshqalarga aytishingizda biror bir maqsad yotish kerak. Ya’ni “men qaytarolmadim senlar qaytar yoki u shunday yomon inson undan ehtiyot bo‘lish” degandek. Juda ko‘p g‘iybatlar o‘zicha rahmi kelganga o‘xshashlik, maqtaganga o‘xshashlik suratida bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:44 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar