Zam suraga "Basmala" aytish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh madadi bilan savollarimizga javob olish imkoniyati tug‘ildi. Bunda siz azizlarning xolis xizmatingiz beqiyos. Shu kanal tufayli oddiy savoldan to mukammaligacha javob olyapmiz. Buning uchun sizlarga tashakkur. Ustozlar, biz yoshligimizdan o‘qib o‘rgangan namoz haqidagi kitoblarda yozilishicha, namozda “Fotiha” surasidan keyingi zam suraga “Bismillah” aytilmaydi deyilgan. Shu to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa nafl namozlarida uchtagacha kichik zam sura o‘qiymiz. Shunda ham hech qaysisiga Bismillah aytilmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aytilmaydi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar