Dunyodano‘tgan yosh bolalar

Assalomu alaykum! Dunyodan o‘tgan yosh bolalar qiyomatga qadar Ibrohim (a.s)ning ortlarida yurishadi deb eshitgandim. Shunday hadis bormi? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu borada turli ma’noda bir necha hadislar kelgan. Ba’zilari masalan Sahihul Buxoriyda kelgan hadisda balog‘atga etmay vafot topgan bolalarning ruhlari Ibrohim alayhissalomning atroflarida bo‘lishilari aytilgan. Oisha onamizdan rivoyat qilingan hadisda esa ularning holi Alloh taologa ayonligi zikr qilingan. Shunga asosan ulamolar qat’iy bir qarorga kelmaganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:28 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar