Go‘sht maxsulot ishlab chiqarish

Assalomu alaykum! Men Almata shahrida go‘sht maxsulotlariga ixtisoslashgan tsexni yurgizaman. Bizda qazы maxsulotiga maxsus aparat yordamida suv va tuz qo‘shib, go‘shtni marinovka qilinadi. Shuni hisobiga o‘z-o‘zidan maxsulot killogrami  ko‘payadi. Bundan ko‘zlangan maqsad maxsulotni tan narxini tushurish va go‘shtni aparat yordamida yumshatib olish. Bu ishim noto‘g‘ri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar vaznini oshirish uchun xaridorni aldash maqsadida qilsangiz joiz bo‘lmaydi. Agar o‘sha amaliyotni bajarmasa ta’mi yoki sifatiga zarar etadigan bo‘lsa, yoki shu ishni qilsa yana ham yaxshi bo‘ladigan bo‘lsa, qo‘shish joiz. Shavlani mastava darajasiga etkazib shavla deb sotayotgan bo‘lsangiz joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar