Ayollar sporti

Assalomu alaykum! Alloh umringizni barokatli qilsin! Savolim quyidagicha. hammamizning xabarimiz bor sport turlari ko‘p. Basketbol, futbol, karate vp tennis kabi. Bu sport turlarida avval faqat erkaklar ishtirok etadilar deb o‘ylardim. Yaqinda televizorda ayollarimiz ham bu sport turlarida ilg‘or ekanliklarini ko‘rdim. Ammo boksda xam ayollar xammaning ko‘z o‘ngida bir birini urishi, bir biriga tan jaroxati etkazishini ko‘rib lol qoldim. Balki o‘zim bazida xatto badantarbiya mashqlariga ulgura olmasligim uchun bu men uchun g‘alati tuyulgandir. Boshqalar uchun bu balki tabiiy xoldir. O‘zbek qizlarimiz ona bo‘lmish sharafli nomga sazovor bo‘ladilarku bu ishlar ularga yarashadimi? Oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsa bir necha jihatdan harom. 1). Bunda o‘ta behayo shaklda avrati ochiladi. Bu harom. 2). Ikki ayol bir biri bilan janjallashib og‘ir holatga solish uchun jang qilishi harom. 3). Yuzga urish shar’an harom. Bu musulmon tugul kofiraga ham munosib ish emas. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar