Tushunmasdan taloq berish
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘imdan jiddiy sabablarga ko‘ra talog‘imni so‘radim. U iymonga yangi kirgani sabab taloq berishni xam bilmay qanaqa beriladi deb so‘radi va taloq taloq deb 2 marta qaytardi. Men bu xisobga o‘tmasa kerak deb “taloqsan deng” dedim. U qaytardi men yana “taloq qildim deng” dedim, u qaytardi. Shunda bizga 2ta taloq tushdimi? Nikohga yo‘l bormi yoki o‘zi aytgan taloq taloq so‘zlari xam xisobga o‘tadimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu bilan oraga 4 taloq tushadi. «Taloq» so‘zini o‘zgartirib, taloq qilish
Savol: Zayd o‘z ayoliga «taloq» so‘zini to‘g‘ri talaffuz qilmay, «Bir talok», «Ikki talok», «Uch talok», desa taloq tushadimi?
Javob: «Bahrur roiq» kitobining sohibi «taloq» so‘zini o‘zgartirib taloq qo‘yilsa, taloq tushishi yoki tushmasligi to‘g‘risida quyidagilarni aytganlar: وَمِنْهُ الْأَلْفَاظُ الْمُصَحَّفَةُ وَهِيَ خَمْسَةٌ : تَلَاقٌ وَتَلَاغٌ وَطَلَاغٌ وَطَلَاك وَتَلَاك فَيَقَعُ قَضَاءً وَلَا يُصَدَّقُ إلَّا إذَا أَشْهَدَ عَلَى ذَلِكَ قَبْلَ التَّكَلُّمِ بِأَنْ قَالَ امْرَأَتِي تَطْلُبُ مِنِّي الطَّلَاقَ وَأَنَا لَا أُطَلِّقُ فَأَقُولُ هَذَا «Taloq lafzining o‘zgartirilgan shakli taloq tushadigan so‘zlardandir. Ular beshtadir: «Talaq», «talag‘», «tolag‘», «tolak», «talak». Qazoan bular bilan taloq voqe bo‘ladi va («Men bu so‘zlardan taloqni iroda qilmagan edim», desa) tasdiq qilinmaydi. Lekin gapirishdan oldin ayolim mendan taloqni talab qilyapti. Men uni taloq qilmayman va (taloq lafzini o‘zgartirib) bularni aytaman, deb guvoh qilib qo‘ysa, («Taloqni iroda qilmaganman», degan gapi) tasdiq qilinadi» («Bahrur roiq sharhu kanzud daqoiq»). وَلَا فَرْقَ بَيْنَ الْعَالِمِ ، وَالْجَاهِلِ وَعَلَيْهِ الْفَتْوَى «Bu so‘zlarni talaffuz qilish bilan taloq tushishida olim bilan johilning farqi yo‘qdir. Fatvo shungadir» («Bahrur roiq sharhu kanzud daqoiq»).
Savol: Zayd ayoli bilan urishib qolib, qo‘shnisi Amrning oldiga chiqibdi. Amr Zaydga «Unday ayolni taloq qo‘yib yubor», debdi. Shunda Zayd «Taloq qo‘yishni bilmayman», debdi. Shunda Amr «Bir, ikki, uch taloqsan», deysan», debdi. Zayd ayoliga amr o‘rgatgandek aytibdi. Bu holatda Zaydning ayoliga taloq tushadimi?
Javob: وَيَقَعُ طَلَاقُ كُلِّ زَوْجٍ عَاقِلٍ بَالِغٍ «Oqil, bolig‘ har bir erkakning talog‘i voqe bo‘ladi». («Bahrur roiq»). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 195 | Turli savollar