Ro‘za to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar! Meni bir do‘stim so‘rab berishni iltimos qildi. Ramazon oyida ro‘za tutish niyati borligini, lekin sog‘ligi tufayli, ya’ni nafas qisishi borligini va doimiy ravishda "salbutamol" nomli doridan (nafas qisganda og‘izga sepiladi) foydalanishi kerakligini aytdi. Savolim shuki ushbu doridan foydalanilganda ro‘za ochiladimi yoki ushbu dori vositasidan foydalanib ro‘za tutishi mumkinmi. Agar ushbu xolatda ro‘za ochilsa nima qilish kerak? Javob uchun oldindan raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol/33535 Dori bilan bo‘lsa ham ichkariga kiritmasdan ishlatib, tutsalar yaxshi. Bunday odamlar haqiqatan yozning uzun kunlarida ro‘za tuta olmasalar, qishning qisqa kunlari qazosini tutib beradilar. Agar o‘sha kunlarda ham ilojini topa olmasalar tutmagan har bir kun evaziga fidya to‘laydilar. Fidya har kimning odatda eydigan ikki mahal taomi. Uni faqir-miskinlarga beriladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:49 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar