Qishloqlarga keladigan eshonlar kim

Assalomu alaykum! Eshonlar kimlar. Biz tamonlarda eshonlardi juda ulug‘lab yuborishadi. Eshoni kelsa pul beradi, mol, qo‘y beradi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eshonlar tarixda musulmonlarning ta’lim-tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan zotlar bo‘lishgan. Shuningdek ular ichlarilarida aslzodalar, Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallamning avlodlari ham bo‘lishgan. Shuning uchun musulmonlar ularni ustoz va murshid sifatida ehtirom qilishgan. Hozirda esa o‘sha eshonlarning ko‘plari va muridlari ko‘p holatlarda o‘zi ajdodlariga munosib emaslar. Shunday ekan, siz aytgan holatlar ham ularning ishtirokchilari kabi risoladagidek emas. Shariatga muvofiqi qabul qilinib, zid bo‘lgani rad etiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 208 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar