Namozni qulflash
Assalomu alaykum! Bir tadbirda yaqin opaxonim bilan peshin namozini birga o‘qishga to‘g‘ri kelib qoldi. Shunda 2 lamiz xam namozni bir xil tugatdik, man salom bergandan keyin omin qilib turdim, lekin xaligi opa o‘tirib 33 martadan o‘qidilar, keyin turib manga, “siz namozni qulflamadiz, har namoz oxirida shunaqa qilib namozni qulflash kerak, kitobda yozilgan” dedilar. To‘g‘risi qulflash to‘g‘risida 1-martta eshitganim uchun sizlardan oydinlik kiritib berishlaringni iltimos qilmoqchiman. Man namozni shu saytda o‘rgatilganidek o‘qiyman. Endi namozni noto‘g‘ri o‘qiyapman shekilli degan gumonga borib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har kim ichida Oyatul kursiy va tasbehlarni aytish sunnat hisoblanadi. Namozning ruknlarida “qulflash” degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar