Ushbu fatvolar sahihmi?

Ushbu fatvolar sahihmi: “Bir kishi tunda ayoli va balog‘atga etgan qizi uxlab yotgan xonaga kirib, ehtiyojini qondirish uchun ayolini uyg‘otish maqsadida adashib balog‘atga etgan qizini ayoli deb o‘ylab shahvat bilan ushlasa, o‘psa, silasa yoki chimchilasa ayoli unga abadiy harom bo‘ladi. (Fatavoi Hindiya). Savol. Bir kishi qaynonasi bilan qo‘l berib ko‘rishayotganida shahvati qo‘zg‘alib ketsa, shu ham hurmati musohara ostiga kiradimi? Javob. Kim o‘z ayolining onasiga yaqinlik qilsa yoki shahvat bilan o‘psa yoki ayolining onasi kuyovini o‘pganda ikkisidan birortasining shahvati qo‘zg‘asa, o‘sha kuyovning ayoli abadiy harom bo‘ladi. Agar ayolining onasini shahvatsiz o‘pgani ayon bo‘lmagan holatda o‘psa, ayoli unga harom bo‘ladi. Ushlashda esa ya’ni qaynonasi shahvat bilan ushlagani aniq bo‘lmasa harom bo‘lmaydi”. Ushbu matlar “fiqh.uz” saytidagi “Abdumannon Abdulloh”ning maqolasidan iqtibos qilindi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. «al-Fataviy al-Olamgiriya». Zahriddin Muhammad Boburning nabiralaridan bo‘lgan Sulton Muhyiddin Avrangzeb Olamgir Hindistonga podishoh bo‘lganda Islomi dini uchun o‘ta jonkuyarlik qilgan. U imom Robboniyning o‘g‘li shayx Muhammad Ma’sumga qo‘l berib ahli suluklardan bo‘lgan va musulmonchilik uchun o‘ta foydali bo‘lgan juda ko‘p ishlarni qilgan. Sulton Muhyiddin Avrangzeb Olamgir barcha yurtlarda shariat qonunlariga amal qilish maqsadida qozilarga engillik yaratish uchun fiqhiy masalalarni tartibga solish yo‘lida ularni yangicha uslubda yozib chiqishga amr qildi. U bu ishni amalga oshirish uchun o‘sha vaqtning ko‘zga ko‘ringan ulamolaridan bir guruh tuzdi. Mazkur ulamolar oson va ravshan iboralar ila fiqhiy masalalarni yangicha tartibga solishlari kerak edi. Masalalarni olishda zohirir rivoyaga suyanish, zarurat bo‘lmasa «navodir»ga qaramaslikka kelishildi. Shuningdek, masalani qaysi kitobda olingani haqida mahlumot keltiriladigan bo‘ldi. Sulton Muhyiddin Avrangzeb Olamgir bu ulamolar guruhiga shayx Nizomiddin Burhonpuriyni rais etib tahyin qildi. U kishi hanafiy fiqhining ko‘zga ko‘ringan allomalaridan yigirma kishini tanlab oldi. Mashaqqatli urinishlardan keyin katta olti jildli ajoyib ilmiy asar dunyoga keldi. Sulton Muhyiddin Avrangzeb Olamgir bu ish uchun ikki yuz ming rupiya sarfladi. Bu o‘sha vaqt hisobi bo‘yicha judda katta mablag‘ edi. Bu ulkan ilmiy asarning ikki ismi bor. Uni Hindiston va unga yaqin mintaqalarda «al-Fataviy al-Olamgiriya» deb ataydilar. Bunda, albatta, Sulton Muhyiddin Avrangzeb Olamgirga bo‘lgan ehtirom va taqdir o‘z aksini topgan. Bu ulkan fiqhiy asrni Misr, Shom va Turkiyada «al-Fataviy al-Hindiya» deb ataydilar. «al-Fataviy al-Olamgiriya»ning muqaddimasida yozilishicha kitobning tartibi Burhoniddin Marg‘iloniyning «Hidoya»si tartibiga mos qilingan. Boshqa kitoblardagi takror va ziyodalarni tark qilingan. Dalil va hujjat keltirishga o‘tilmagan. Faqat izohga hojat tushgandagina dalil zikr qilingan. Asosan zohirur rivoya ila kifoyalangan. Qaysi kitobdan iqtibos olingani yozib borilgan. Ularning iboralari o‘z holida qolishiga ehtibor berilgan. Faqat zarurat yuzasidangina juzhiy o‘zgartish kiritilgan. Omonat yuzasidan o‘zgartilimagan jumlalarga «kazo», o‘zgartirilganga «hakazo» ila ishora qilingan. «al-Fataviy al-Olamgiriya» hanafiy fiqhidagi eng mo‘’tabar kitoblardan bo‘lib hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Kuvayt davlati Vaqf va Islomiy ishlar vazirligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «al-Mavsuha al-Fiqhiyya»ning mualliflari ham o‘z asarlarining muqaddimasida bu ulug‘ asarga o‘zlaridan avval o‘tgan jamoaviy mualliflar mehnati sifatida katta baho berganlar.

28 Aprel 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 201 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar