Plastikdagi oylik puli

shayx xazratlari! Alloh :jj sizni din yölida olib borayotgan ishlaringizni özi ulug‘ ajr savoblar bilan mukofotlasin! Xazrat sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Savolim quyidagicha: men ishlaydigan ishxonada oylik xaqining xammasi plastik karta orqali tölanadi. Oylik chiqmasidan oldin bizga necha pul chiqqani to‘g‘risida qog‘oz chiqadi biz necha pul chiqqanini aniq bilib olamiz. Oylik o‘tganda bankka borib plastikni zagruzka qilamiz va oylik plastikka tushadi. Agar oylik o‘tgan kuni zagruzka qilsam qog‘ozda yozilgan pul tushadi. Agar ma‘lum sabablarga ko‘ra o‘sha kuni emas ikki yoki uch kundan keyin zagruzka qilsam ma‘lum foizda pul qo‘shilyapti. Xazrat bu qoshilgan pul menga xarom bo‘lib qolmaydimi? Yoki o‘sha pulni sadaqa qilib yuborganim ma‘qulmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sadaqa qilib yuborgan ma’qul.

4 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar