Ochiq daryolarda cho‘milish

Assalomu alaykum! Er ahli ayolini va farzandlarini yoz kunlari tog‘ yon bag‘rlariga dam olshga oborsa va u erda boshqa insonlar ko‘zidan ancha yiroq joylardagi daryo dengiz hovuzlarda cho‘milsa bo‘ladimi? Shariatimzda ruhsat bormi? Savolim noo‘rin bo‘lsa ming bor uzr. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda cho‘milishdan qaytarilgan joyi yo‘q. Ammo avratni berkitishni farz qilgan. Ehtiyot choralarini ko‘rib, cho‘milsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar