Arenda mashinasini sotib yuborish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir yil aval arendaga mashina olgan edim. Mashina 7500$ baholangan va 24 oy ichida bo‘lib to‘lash kelishilgan va boshiga 500$ berganman. Boshqa kelishuv yozilmagan va kelishilmagan. Birinchi yil to‘ladim, ikinchi yili qarzlarim ko‘payib ketdi va menga arendatorim : menimcha siz to‘lolmayabsiz juda qiynalvos, kelin unda mashinani sotaylik va sotilgan summadan menga qarz bo‘lgan summangizni ayrib, qolganini sizga bersam deyabti. Shu holatda nima qilish kerak? Mashinani sotsak men mashinasiz va shuncha to‘lagan pullarimga kuyaman balkim qarzimni yopishga hozirgi mashinamni narhiyam etarlimasdir hech narsasiz qolaman. Arendatorim esa 24 oy ichida qilmoqchi bo‘lgan foidasini 13-14 oy ichda echib oladi u zarar ko‘rmaydi. Men unga g‘ayirligim kelayotgani yo‘q u inson ham sizlarning muhlisingizdir. Siz qanday yo‘l ko‘rsatsangiz u ham shu yo‘ldan boradigan inson. (Aslida 24 oyga kelishilgan bo‘lsa, 24 oy bo‘lmasdan, arendator mashinani olib qo‘yishiga haqqi bormi? Haridor 24 oy ichda ham to‘lolmasachi? Arendani o‘z vaqtida to‘lolmayatgan kishiga qanday chora ko‘riladi?) Bilaman bu juda bahsli masala lekin sizdan iltimos shu vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerak? Ozgina bo‘lsa ham javob yozing. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizning boshingizga tushgan bu savdo Alloh taoloning imtihonidir. Odam alayhissalomdan to qiyomatgacha insonlar bir xilda yashashlari mumkin emas. Boylik uchun aql ham shart emas, kambag‘allik uchun ahmoqlik ham shart emas. Shuning uchun inson bir ishni qilishdan avval sharoitlarini hisobga olish kerak. O‘rnini bosadigan narsasi bo‘lmasa qarz olmasdan, bor boricha, yo‘q holicha yashashga harakat qilib, kirimga qarab chiqim qilishga o‘rganish kerak. Agar moshinaning asl narxi masalan 3.500 bo‘lsa, qolgan 4.000ni 24 oyga bo‘lingan bo‘lsa, moshinani 12 oy deganda sotilsa 4.000 foydadan yarmi ya’ni 2000 olib qolgan 2.000ni olmasligi kerak. Chunki sotuvchi mashinaning asl narxini 24 oy bo‘lmasdan avval olayotgan hisoblanadi. Bu holatni murobaha bay’i deb, unda asl narxni olganda foydadan o‘sha kungachasini olib, qolganini olishi joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat