Ro‘za va Fiqh

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin! Menda ikkita savol bor edi:
1. Balg‘am yutish ro‘zani buzadimi?
2. Fiqhiy kitoblarda «nass» degan so‘zga bir necha bor duch keldim. Iltimos, bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi hamda shar’iy istilohini tushuntirib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Og‘izda to‘plangan balg‘amni yutish makruh, lekin ro‘za ochilmaydi. Og‘izga kelib qaytib ketuvchi so‘lakda hech qanday ziyon yo‘q. 2). Nass so‘zi matn ma’nosini ifoda qiladi. Ya’ni oyat va hadisdagi matnlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar