Haqiqatmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, olib borayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Inson vafot etkandan so‘ng ruhi 40 kun aylanib yuradi,  payshanba kuni uyiga keladi va shu kabi gaplarni eshitdim. To‘g‘risi buvim vafotlaridan so‘ng va yana bugun ammamlar namoz o‘qiyotganimda  onam ko‘rindilar dedilar. Shu haqiqatmi va shunday gaplar dinimizda bormi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri gap. Inson qiyomat kuni har bir gapirgan gapiga javob beradi. Bunday gaplarni tarqatuvchilarning na oyatdan va na hadisdan hech qanday dalillari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar