Taomlanish odobi
Assalamu alaykum! Ustozlar, bilishimcha taomlanish odobida taomning 100 foiz halolligi ma’lum bo‘lgandan keyin eyilar ekan. Mehmonga, qarindosh urug‘larga, ertalabki oshlarga va ho kazolarga borganda taomlanish odobi qanday bo‘ladi? Surishtirishning imkoniyati yo‘q. Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imkoniyati bor. Mezbon edirayotgan narsasining halol yoki haromligiga ahamiyat berish shart.
Inson tug‘ilganida 2-3 kilo bo‘ladi. Ona sutini emib, taomlanib 10-15ga kirganida 40-50 kiloli vaznga ega bo‘ladi. O‘sha 50 kilo vazn 15 yoshga kirguncha egan taomlarining zarralaridan tashkil topgan bo‘ladi. Shu vaqt mobaynida egan taomlari halol bo‘lsa, 50 kilo vazn ham pokiza go‘sht hisoblanadi. Aksi bo‘lsa harom go‘sht hisoblanadi. Har bir narsaning o‘z xususiyati bo‘lib, masalan limon qon bosimini tushirsa, kofe uni ko‘taradi. Badandagi otiqcha yog‘lar kasallik chaqirsa, uni erishi o‘sha kasallikni tuzalishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shuningdek harom go‘sht ham gunohga, fisq-fujurga etaklaydi. Haloli esa ibodat va zikrga etaklaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom