Har kungi o‘g‘rilik

Assalomu alaykum! Ustozlar, kimnidur narsasini so‘roqsiz olish o‘g‘rilikka teng deb eshitgan edim. Men Veb programistman va kecha bir savolga qiziqib qoldim.
Siz, man va qolgan O‘zbekiston axolisi windows operatsion tizimini o‘g‘irlangan versiyasini ishlatamiz. Chunki original versiya 450$ (dollar) turadi.
Va qolaversa Microsoft Word va boshqa har kungi ishlatadigan programmalarimiz litsenziyasiz. Ya’ni o‘g‘irlangan. Lekin ularsiz 90% aholi ishlay olmaydi. Savolim shundaki programmalarni litsenziyasiz ishlatsak hammamiz birovni haqqini evotgan bo‘lmaymizmi? Javobingizga oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bilmasdan noto‘g‘ri gumon qilmang. Sizni bilmadik, lekin Hazrat rahimahullohning sayt va kitoblari xizmatidagi barcha kompyuterlarimiz litsenziyalangan Windows va Microsoft Word da ishlaydi. Litsenziyalanmaganida ishlagan odam mualliflik huquqini poymol qilgan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:55 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar