Ribomasmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli aziz ustozlar, xozirda chet elda yashab ishlab yuribman. Bu erda kredit karta ishlataman. Bu kartadan savdo qilsanggiz ham, qilmasanggiz ham oyiga 1 dollardan hisoblab, yilning boshida 12 dollar xisobimdan echib oladi. Bu karta yordamida savdo qilsanggiz 1 oydan 5-6 oygacha hatto katta summalarni 20 oygacha foizsiz bo‘lib-to‘lab borsa bo‘ladi. Asosan katta summalar uchun ishlataman. Savolim shu kartani ishlatish joizmi? Agarda foiz to‘lamay ishlatishni iloji bo‘lsa? Keyin agar shu kartani chet davlat internet magazinlaridan savdo qilish uchun ishlatsam ma’lum foiz qo‘shib to‘lash kerak ekan. Bu xolat ham riboga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Foiz to‘lasangiz joiz bo‘lmaydi. Bunda kelishilgan muddat ichida qaytarmasangiz foiz to‘lash bor. Mabodo muddat ichida to‘lab foiz bermagan taqdirda ham shartnomadagi riboga rozi bo‘lib imzo qo‘yasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:59 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat