Hadis sahih yoki sahih emasligi haqida
Assalomu alaykum! Yaqinda turli internet tarmoqlarida keng tarqalgan bir hadisga ko‘zim tushdi. Hadis rus tilida edi men tarjima qilgan o‘zbekcha matni quyidagicha:«Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam Bilol roziyallohu anhuni orqa taraflaridan keldilarda, ohista muborak bag‘rilariga bosdilar.Shunda Bilol roziyallohu anhu:- Bu kim? Abu Bakr sizmisiz? - dedilar.Bilol roziyallohu anhuni ortlaridan quchib turgan Nabiy sollallohu alayhi vasallam:- Yo‘q... - dedilar.Bilol roziyallohu anhu:- Unda Umarmisiz? - dedilar.Nabiy sollallohu alayhi vasallam Bilol roziyallohu anhuga yuzlashib turib:- Ey Bilol bu Men edim-ku! Sezmadingmi? - dedilar.Bilol roziyallohu anhu biroz tabassum qilib:- Albatta men Siz ekanligingizni sezdim ey Allohning Rasuli! - dedilar.Rasululloh Bilol roziyallohu anhudan:- Unda nega «Abu Bakr?..., Umar?...» deb so‘rading? - deb so‘ragan edilar,Bilol roziyallohu anhu yana tabassum qilgan holda:- Ey Allohning Rasuli men shunchaki Siz meni ko‘proq vaqt bag‘ringizga bosib turishingizni xohlagan edim... - dedilar.»Savol: Ushbu hadis sahihmi? Sahih bo‘lsa roviylari bilan keltirsangiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Siz keltirgan bu so‘zlar sahih hadislar to‘plamida yo‘q.عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ : " أَنَّ رَجُلًا مِنْ أَهْلِ الْبَادِيَةِ - يُقال لَهُ: زَاهِرُ بْنُ حَرَامٍ - كَانَ يُهدِي إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْهَدِيَّةَ , فَيُجَهِّزُهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَرَادَ أَنْ يَخْرُجَ , فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إن زاهِراً بَادِيَنا , وَنَحْنُ حَاضِرُوهُ , قَالَ : فَأَتَاهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ يَبِيعُ مَتَاعَهُ , فَاحْتَضَنَهُ مِنْ خَلْفِهِ وَالرَّجُلُ لَا يُبصره فَقَالَ : أَرْسِلْنِي , مَن هَذَا ؟! فَالْتَفَتَ إِلَيْهِ , فَلَمَّا عَرَفَ أَنَّهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ , جَعَلَ يُلْزِقُ ظَهْرَهُ بِصَدْرِهِ , فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ يَشْتَرِي هَذَا الْعَبْدَ؟ , فَقَالَ زَاهِرٌ: تجدُني يَا رَسُولَ اللَّهِ! كاسِداً , قَالَ: لَكِنَّكَ - عِنْدَ اللَّهِ - لَسْتَ بِكَاسِدٍ , أَوْ قَالَ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : بَلْ أَنْتَ عند الله غَالٍ .رواه أحمد وابن حبان والترمذيAnas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Sahro ahlidan bir kishi bo‘lib uni Zohir ibn Harom deyilar, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hadyalar keltirib turar edi. U ketmoqchi bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni zodirohila bilan ta’minlar edilar va “Zohir saxroyimiz ahlidandir, biz esa uning shahar va qishlog‘i ahlidanmiz” (ya’ni u bizga sahrodagi narsalardan keltiradi biz esa unga shahardagi narsalardan beramiz) der edilar. Zohir bozorda matosini sotayotganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam ortidan kelib u ko‘rmasidan uni quchoqlab oldilar. Zohir “qo‘yib yubor kim bu” dedi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yuzlandi. Quchoqlagan Nabiy sollallohu alayhi vasallam ekanliklarini bilgach orqasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ksilariga tekkazdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bu qulni kim sotib oladi” dedilar. Shunda Zohir “Yo Rasululloh meni kasod(arzon, hech kim olmaydigan) topasiz” dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam “Lekin sen Allohning nazdida kasod emassan” yoki “Yo‘q, Allohning huzurida sening narxing baland” dedilar. Ahmad, ibn Hibbon va Termiziylar rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar