Vojib so‘zining istilohiy ma’nosi

Assalomu alaykum! "Vojib" so‘zining fiqhiy yo‘nalishdagi istilohini bilamiz. Ammo "Ulamolarga ergashish vojib" yoki "O‘zingizga jannatni vojib qiling" kabi gaplarda nazarda tutilgan ma’nosini tushuntirib bersangizlar.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vojib so‘zidan gohida fiqh yo‘nalishidagi vojib ham, farz ham tushuniladi. "Ulamolarga ergashish vojib" yoki "O‘zingizga jannatni vojib qiling" so‘zlardan esa, farz iroda qilinadi. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 07:02 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar