Musofirlik haqida

Assalomu alaykum! Musofir yurtlarda   rizq uchun  ishlab, o‘sha erda vaqtincha yoki moslashib bir umrga qolishning yomon tomonini yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson joni chiqmagunicha rizqi Alloh taoloning zimmasidadir. Bandaning vazifasi esa Allohga bandaligini bajo keltirishidir. Borgan joyingizda buni imkoniyati bo‘lsa qolishning zarari yo‘q. Aksi bo‘lsa, atrof muhitdan yomon ta’sirlanish bo‘lsa, dunyoni deb oxiratni barbod qilish aqilli insonning ishi emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:59 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar