Gunoh bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bizni viloyatda it bolalaganda 6-7 dan tug‘adi. It o‘z bolalarini yaxshi boqolmaydi deb baquvvat erkaklarini olib qolib, qolganini ba’zilar tiriklay ko‘mib tashlaydi. Shu ish gunoh emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Katta gunoh. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «عُذِّبَتِ امْرَأَةٌ فِي هِرَّةٍ حَبَسَتْهَا، حَتَّى مَاتَتْ جُوعًا، فَدَخَلَتْ فِيهَا النَّارَ - قَالَ: فَقَالَ وَاللهُ أَعْلَمُ - لَا أَنْتِ أَطْعَمْتِهَا وَلَا سَقَيْتِهَا حِينَ حَبَسْتِيهَا، وَلَا أَنْتِ أَرْسَلْتِيهَا فَأَكَلَتْ مِنْ خَشَاشِ الْأَرْضِ Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Bir ayol bir mushukni ochlikdan o‘lgunicha qamab qo‘ygani sababidan azoblandi. O‘shani deb do‘zaxga kirdi. U dedi: – (kimligini)* Alloh biladi – «Sen uni qamab qo‘ygan paytingda unga na ovqat berding, na suv ichirding va na er hasharotlaridan eyishi uchun qo‘yib yubording!». * Bu gapni ayolga Alloh taolo aytganmi yoki do‘zaxning xodim farishtasi aytganmi, deb ikkilangan roviy ehtiyot yuzasidan «(Kimligini) Alloh biladi» degan, hadis rivoyat qilishda adashib, bir gapni boshqaning nomidan aytib yuborishdan Allohdan taqvo qilgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:59 | Savol-javoblar | 193 | Dolzarb savollar