Ota-onamni rozi qilolmayapman
Assalomu alaykum! Yoshim 20 da. Oilamiz islomiy oila bolgani bilan ota onam nomoz oqishmaydi. 6 kishimiz oilada. Men nomoz oqiyotganimga 5 yil boldi. Yoshligimizdan mehr kormay osdik. Otam avval ishlardilar. Lk topganlarini faqat ozlariga sarflardilar. Ayam bizni bitta ozlari katta qilganlar. Lk otam bilan birga yashaymiz. 3-4yildan beri ishlamay uyda otiradilar. Kamiga onam topganlarini olib qoyib ozlariga ishlatib yuboradilar. Agar bermasalar janjal qilib bolsa ham olib qoyadilar. Akam ham ishlamaydilar. Oiladagi deyarli hammamizni taminotimiz onamni zimmasida. 26 yosh akam bor. Ishlamaydilar ular ham. Uylanishlari kerak yaqinda. Bugungacha odamlardan olgan qarzlarimiz va bankdan olungan kriditlar kopayib ketgan. Deyarli barcha qarzlar otam uchun olingan. Tagidagi mashinasi uchun hajga borib kelishi uchun va uyni qurish uchun. Onam bizni hech kimdan kam qilmadilar togri. Lekin mehr kormay osdik. Faqat boqayotganlsrini minnat qilib keladilar. O‘qitayotganlarini minnat qiladilar. Onamga og‘irim tushmasin deb o‘qishdan tashqari ishlayman. Og‘irimni tushirmaslikka harakat qilaman. Lekin mendan na otam na onam rozi bolishmayapti. Bugun ham akamni to‘yi masalasida qarzlar kopligi qanaqa qilib to‘y qilaman deb otamni ishlamasliklariga jahllari chiqib alamlarini mendan oldilar. Bu birinchi marta emas. Kaltaklaydilar bazida. Faqat qarg‘ish eshitib kaltak eyman. Ota-onamdan ko‘nglim ham sovib qoldi. Bunday vaqtda men o‘qiyotgan nomozim tutayotgan ro‘zam qabul bo‘ladimi? Otam pulimiz bor vaqti bermasak yoki biror ishlarini qilmasak agar meni aytganimni qilmasalaring senlardan rozi bolmayman. Ota rozi bolmasa hech biring baxtli bololmaysan deydilar. Men bunday vaziyatda nima qilsam bo‘ladi? Ota-onamni ham nomoz oqishga qanday chaqirsam boladi? Bu vaziyatda meni ham aybim bormi? Qanday ularni to‘g‘irlasam boladi? To‘g‘ri o‘zimda ham ayb bor. Jizzakiman shuning uchun jahlim chiqgan vaqti gap qaytarib yuboraman. Lekin ozimga kelganimdan keyin onamga hadya olibmi kongillarini kotarishga harakat qilaman. Lekin otamdan yoshligimdan ko‘p kaltak eganligim uchun ularga nisbatan hozir hech qanday mehr qolmagan. Lekin ularni oxiratlarini o‘ylab xavotirdaman. To‘g‘ri men nomoz oqib roza tutganim bilan o‘zimni jannatga kirishimni aniq deb bilayotganim yo‘q. Lekin harakat qilayapman. Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi? Gunoh qilmayapmanmi? Qaysi xato kamchiligimni tuzatishim kerak? Ota-onamni qanday rozi qilaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzandning ota-onasiga nisbatan muomalasi eng yumshoq ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Ularga hargiz gap qaytarmasligi, yomonlikka buyurmasa itoat qilishi va doim roziliklarini olishga harakat qilishi kerak. Noshar’iy ish ustida topsa eng go‘zal so‘zlar bilan bir marotaba ishora qilishi va boshqa bu mavzuga qaytmasdan, ular uchun g‘oibona duo qilib yurishi kerak. Siz ularning holatlaridan g‘amga tushmay kunlik besh vaqt namozlaringiz va ramazon ro‘zalariga mahkam turib ado qilavering. Ular uchun tavfiq-hidoyat so‘rab duo qilavering. Vallohu a’lam!
18 Noyabr 2023, 14:26 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya