Choy-chaqa

Assalomu alaykum! Kamina Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mehmonxonada ishlayman. Bu erda ish davomida mijozga qilingan xizmat uchun bazida mijozlar o‘zlari xoxlagan miqdordagi pul, choy-chaqa berishadi va bu albatta oylik maoshdan tashqari. Mehmonxona ma’muriyati u pulni olishga qarshilik qilmaydi. Lekin bir Pokistonlik birodarimiz bu berilgan pulni olmaydi. Emishki bu xuddi sadaqadek bo‘lar emish. Uning bu so‘zlari biroz o‘ylantirib qo‘ydi. Rostdan ham bu sadaqadek bo‘ladimi yoki bu beriladigan pullar bizga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halolligida shubha yo‘q. Sharofat jihatidan aytilsa, oluvchining qo‘li doim pastroq bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:00 | Savol-javoblar | 133 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar