Yangi muslima haqqiga duo

Assalomu alaykum! Hurmatli «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati, Alloh qilayotgan ishlaringizga qiyrot-qiyrot ajrlar bersin. Kamina hozirgi kunda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashamoqdaman. Ishxonamizdagi bir Ukrainalik qiz yaqinda Islom dinini qabul qildi. Islomiy markazga borib u erda imom nazoratida kalimayi shahodatni aytibdi. Islom diniga o‘tganligi haqida sertifikat ham qilib berishibdi. U qiz aytishicha kalimayi shahodatni aytayotganda imom ko‘rsatgich barmoqni yuqoriga ko‘tarish va boshqa barmoqlarni bukishini va bu ALLOHning yagonaligiga ishora hisoblanishini aytibdi. Bu narsa faqat namozda (Ishorai sabboba) qilinishini bilaman. Islomni qabul qilayotganda shunday qilish haqida biror dalil bormi? Birlashgan Arab Amirliklarida qaysi mazhabda e’tiqod qilishadi? Sizlardan o‘sha qiz haqqiga duo qilishlaringizni so‘rab qolaman. Oldindan Tashakkurlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dalil yo‘q. ular shunga odatlangan bo‘lishlari mumkin. U taraflar asosan shofe’iy mazhabida bo‘lishadi. Alloh muslima singlimizga quvvat va sabot bersin. Doimo hidoyatida bo‘lishni nasib qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:00 | Savol-javoblar | 158 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar