Namoz masalasida

Assalomu alaykum! Ustozlar, namozni to‘liq va chiroyli ado etish yo‘llarini va sirlarini bilishni istayman. Namozda bismillohni necha marotaba aytish kerak va necha marotaba aytsa bo‘ladi? Men «sano»dan oldin aytaman, Fotixa surasidan oldin aytaman, attaxiyotdan oldin va salovatdan oldin aytaman. Bu ishimda xato yo‘qmi?
2). Sajdada oyoqlarning xolati hahida kitoblarda «bitta oyoq ko‘tarilsa makruh bo‘ladi, ikkita oyoq ko‘tarilsa namoz buziladi» deb yozilgan. Bir insonni jamoat namozida imomlik qilayotganini ko‘rdim, qarasam sajdada ikkala oyog‘i ham ko‘tarilib ketayapti ekan. Bundan qo‘rqib, namozni o‘zim o‘qidim. Keyin u kishiga tushuntiraman desam, u meni eshitishni ham xoxlamadi.
3). Farz namozini uchinchi va turtinchi rakatlaridan birida Fotixa surasidan keyin «Bismillah»ni aytib yuborsa-yu, buni xatoligini tushunib zamsura o‘qimasdan rukuga borsa, sajdai saxv qilish kerak bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Har rak’atning avvalida aytiladi. 2). Ko‘tarilib tushishining hech qanday zarari yo‘q. Sajdaga ketganda ko‘tarilib, qaytganda erga tushsa oyoq sajda qilmagan bo‘ladi. Shundagina joiz emas. Sajdaga ketishda yoki qaytishda erdan uzilishining hech qanday zarari yo‘q. 3). Zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 11:31 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar