Sunnatni o‘qiy olmayamman

Assalomu alaykum! Farzandim kichkina bo‘lganligi sababli bir hil paytlada namoz vaqtida ro‘mollarimmi tortib echib ovotti. Nomoz o‘qivotgan paytimda to‘g‘rimdan nechchi martta kesib o‘tadi. Savolim shunaqa sharoitda o‘qilgan namoz qabul bo‘ladimi? Kegin bir hil paytla bolam kiymlarimmi tortib yig‘lab tashasa sunnat namozini o‘qiyomi qolaman. Mana bugunam peshin namozida 4 rakat sunnat o‘qidim, orqasidan 4 rakat farz o‘qib, oxirgi 2 rakat sunnatni ado etomi qoldim. Shunaqa paytlada farzni o‘zi bilan tugatib qo‘yaqosam gunoh bo‘midimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Voyaga etmagan bola namoz o‘qiyotgan vaqtizda oldizdan o‘tishining zarari yo‘q. Bolangizni biror narsa bilan chalg‘itib, o‘qib olsangiz bo‘ladi. Sizning bu holatingiz ravotib sunnatlarni tark qilishga uzr bo‘lmaydi. NAMOZDA YoSh QIZChANI BO‘YNIGA MINDIRIB OLISh HAQIDA عَنْ أَبِي قَتَادَةَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُصَلِّي وَهْوَ حَامِلٌ أُمَامَةَ بِنْتَ زَيْنَبَ بِنْتِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَلِأَبِي الْعَاصِ بْنِ رَبِيعَةَ بْنِ عَبْدِ شَمْسٍ، فَإِذَا سَجَدَ وَضَعَهَا، وَإِذَا قَامَ حَمَلَهَا Abu Qatoda Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlari Zaynab bilan (kuyovlari) Abul-Os ibn Rabi’a ibn Abdushamsning qizi Umomani ko‘tarib olib namoz o‘qiyverar edilar. Sajda qilganlarida uni erga qo‘yar va turganlarida ko‘tarib olar edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Mabodo ko‘tarib namoz o‘qiganingizda bolaning tagligida najosat bo‘lmasin. Yangilab oling. عَنْ أُمِّ حَبِيبَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَا مِنْ عَبْدٍ مُسْلِمٍ يُصَلِّي ِللهِ كُلَّ يَوْمٍ ثِنْتَيْ عَشْرَةَ رَكْعَةً تَطَوُّعًا غَيْرَ فَرِيضَةٍ إِلَّا بَنَى اللهُ لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ. قَالَتْ أَمُّ حَبِيبَةَ: فَمَا بَرِحْتُ أُصَلِّيهِنَّ بَعْدُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ. وَزَادَ التِّرْمِذِيُّ: أَرْبَعًا قَبْلَ الظُّهْرِ وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَهَا، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْمَغْرِبِ، وَرَكْعَتَيْنِ بَعْدَ الْعِشَاءِ، وَرَكْعَتَيْنِ قَبْلَ صَلَاةِ الْفَجْر Ummu Habiyba roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Qaysi bir musulmon banda har kuni farzdan tashqari o‘n ikki rak’at ixtiyoriy namoz o‘qisa, albatta, Alloh unga jannatda uy qurib beradi», dedilar. Ummu Habiba: «Shundan keyin ularni doimo o‘qib kelmoqdaman», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Termiziy: «Peshindan oldin to‘rt va keyin ikki rak’at, Shomdan keyin ikki rak’at, Xuftondan keyin ikki rak’at, Bomdoddan oldin ikki rak’at»ni ziyoda qilgan. Sharh: Hanafiy mazhabi mana shu rivoyatni mahkam ushlab, hayotga yaxshilab tatbiq qilgan mazhabdir. Ushbu hadisda farz namozlariga tobe bo‘lgan sunnatlarni qo‘ymay, o‘qib borishga qattiq targ‘ib va ulkan va’da bordir. Bu va’da bo‘yicha, ushbu namozlar uchun mukofot tariqasida Alloh taolo tomonidan jannatda alohida uy qurib berilishi ta’kidlanmoqda. Farz namozlarga tobe bo‘lgan sunnat namozlarini qo‘ymay, o‘qib borishga bundan ortiq targ‘ib bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham Ummu Habiyba onamiz ushbu hadisni eshitganlaridan boshlab, u namozlarni aslo qoldirmaganlar. Biz ham xuddi shunday qilishimiz lozim. Farz namozlaridan oldin o‘qiladigan sunnat namozi o‘ziga xos ravishda farz namozga tayyorlanish vazifasini ham o‘taydi. U namozni o‘qib, ancha tayyorlanib olgan namozxon uchun farz namozining xushu’ va xuzu’sini joyiga qo‘yish oson bo‘ladi. Farz namozlaridan keyin o‘qiladigan sunnat namozlari esa farz namozda ba’zi qusur va kamchiliklar sodir bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish vazifasini o‘taydi. Shuning  uchun  ham  shariatda  bu  namozlar «mukammilot» — «to‘ldiruvchi namozlar» deb ataladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar