Tahoratsiz yurish

Assalomu alaykum! «Kishi tahoratsiz yurganda boshiga kor-xol tushsa, aybni o‘zidan qidirsin» mazmunidagi hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Doim tahoratli bo‘lish, ulkan fazilatdir. Muttaqiy kishilargina bu narsaga muvaffaq bo‘ladilar. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: ( طَهِّرُوا هَذِهِ الْأَجْسَادَ طَهَّرَكُمُ اللهُ، فَإِنَّهُ لَيْسَ عَبْدٌ يَبِيتُ طَاهِرًا إِلَّا بَاتَ مَعَهُ مَلَكٌ فِي شِعَارِهِ لَا يَنْقَلِبُ سَاعَةً مِنَ اللَّيْلِ إِلَّا قَالَ: اللهُمَّ اغْفِرْ لِعَبْدِكَ فَإِنَّهُ بَاتَ طَاهِرًا رواه الطبراني في المعجم الكبير Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Bu jasadlarni pokiza tutinglar, Alloh sizlarni poklasin. Qaysi banda tahoratli, pok holda tunni o‘tkazsa, ichki kiyimida bir farishta u bilan kechani o‘tkazadi. Tunda qachon u yoki bu tarafga yonboshlasa, farishta “Allohim bandangni mag‘firat qilgin, chunki u kechani pok holda o‘tkazmoqda” deydi” dedilar". Tabaroniy rivoyati. Fuqaholarimiz, doimiy tahorat bilan uxlab vafot topgan kishi shahid bo‘lishini aytishgan. Doimiy tahoratda bo‘lishni bundan boshqa ham ko‘p fazilatlari bor. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ بَاتَ وَفِي يَدِهِ رِيحُ غَمَرٍ، فَأَصَابَهُ شَيْءٌ، فَلاَ يَلُومَنَّ إِلاَّ نَفْسَهُ. رواه أبو داود، والترمذي، وابن ماجه Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : "Kim qo‘lida yog‘lama qolib, kechasini o‘tkazsayu, boshiga biror musibat etsa, o‘zidan boshqasini malomat qilmasin" deganlar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilganlar. Aynan siz aytgan hadisni topa olmadik. Vallohu a’lam!  

26 May 2022, 11:57 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar