Haj safariga oid savol

Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram ustoz! Alloh taolo avvalo har bir ihlosli bandasini “Umr safari”-haj safariga nasib qilib, qilgan farz amali haji mabrurlar qatorida bo’lsin! Muhtaram hazrat sizga haj safariga oid savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Ba’zi bir insonlarni aytishlaricha hajga bandani uch holatda chaqirilar ekan:1.Ibrohim (a.s)ning chaqirishi- haji mabrur bo’lganligini alomati;2.Azroil (a.s)ning chaqirishi- o‘sha joyda vafor etishi alomati;3.SHayton (a.l)ning chaqirishi -ahloqsiz insonning o’zgarmasdan ahloqsizligicha qolishi alomati . Bu matndagi men uchun yangilik bo’lgan so’zlarni men bu yilgi haj safari asnosida yaqinlarimdan eshitdim.Hazrat, bu yuqoridagi so’zlar hadisdanmi yoki shariy hikmatlardan birimi? Tashakkur va e’htirom ila, O’sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hadisdan emas.

6 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 158 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar