Hidsiz va ovozsiz el kelishi
Assalomu alaykum! Alloh rozi bo‘lsin. https://savollar.islom.uz/savol-39000/ quyida Hidsiz va ovozsiz el kelishi tahoratni sindiradi deb javob beribsiz, lekin Shayx Hazratlari bunday holatda tahorat buzilmaydi deganlar, https://savollar.islom.uz/savol-29122/ Iltimos shu masalaga aniqlik kiritib bersangizlar, chunki avvalroq, agar berilgan savolga Hazrat javob bergan bo‘lsalar, o‘sha javob foydalaniladi degandingizlar. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fiqhda “aniq narsa shakk bilan ketmaydi” degan qoida bor. Shayx Hazratlariga tahoratli inson tahorati ketgan yoki ketmaganida shakk qilganligi haqida savol berilgan. Yuqoridagi qoidaga binoan aniq narsa shakk bilan ketmaydi. Keyingi berilgan savolda esa, “hidsiz va ovozsiz el kelsa” deyilmoqda. Bunda el chiqqaligi shakk emas, balki aniq. Shuning uchun tahorat sinadi deb javob berilgan. Ayollarning oldidan keladigan el haqida fuqaholarimiz “u tahoratni sindirmaydi. Chunki u tashqaridan kirgan havodir. Tahoratni sindiruvchi el esa oshqozonga uchrab keyin chiqqan eldir” deganlar. Ba’zida semiz odamlarda orqa bir oz harakatga kelganga o‘xshaydi. Lekin bu ham oshqozondan kelgan havo bo‘lmaydi. Buni arab tilida “Ixtiloj” deyiladi. Bu bilan ham tahorat sinmaydi. Vallohu a’lam.
28 Aprel 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 146 | Tahorat