Sheriklik ishxonadan zakot

Assalomu alaykum! 1 kishini quyidagi mulki bor, zakot qanday ajratadi? Bu holatda zakot farzmi? 1) sheriklik ishxona(bu ishxonada o‘zining qoshimcha ishi va uskunasi bor) va uskunalar bor. Bular ham nisobga qoshiladimi? 2) 1 ta ishxona mashinasini sotib, kichikroq mashina* olib, uni* ham 8000$ga sotuvga qo‘ygan . Bu ham nisobga kiritiladimi? 3) sotilgan ishxona mashinasidan, qo‘lida deyarli nisobga etgan pul qolgan. Bu ham nisobmi? 4) Meros bolib qolgan 1 ta hovli( yashalayotgan), lekin Meros taqsimlanmagan, bu ham nisobmi? 5 Meros bolib qolgan ishxona(ayrim Hududi ijaraga berilib, haqi olinadi) lekin Meros taqsimlanmagan. Bu ishxona nisobmi? 6) bu ishxonadagi Ijara hududlari ham nisobmi? 7) 1 ta deyarli 9 sotix bog‘ uchun olingan er( ko‘chat va daraxtlar bor, bir chetiga chala bitgan bino qurilib, boshqa maqsadda foydalanish uchun ruxsatnomaga harakat qilinayotgan ) bu ham nisobmi?   8) 1ta deyarli 12 sotix quruq er bor. Bu ham nisobmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ishxonadagi tayyor mol hamda xom ashyo ham hisobga qo‘shiladi. 2). Olishda nima deb olgan bo‘lsa shu e’tiborga olinadi. Ishxonaga ishlatamiz deb olib, endi sotishga to‘g‘ri kelib qolsa sotilguncha qo‘shmay turadi. 3). Albatta. 4). Bu zakotga nisob emas. 5-6). Zakotga nisob emas qurbonlikka nisob. 7-8). Pulni band qilish uchun olingan bo‘lsa nisob. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:14 | Savol-javoblar | 150 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar